🪟 Windows 10 & 11

Windows uçun klaviatura

Windows operatsion tizimida Ş, Ç, Ö, Ğ harflarini qulay va tez kiritiş uçun tayyor klaviatura terilmasi.

Klaviatura xususiyatlari

Rasmiy MSKLC

Microsoft’ning rasmiy MSKLC dasturida yaratilgan. Kodlari GitHub’da oçiq.

“ ”

Tipografik belgilar

Matn yozişni qulaylaştiriş uçun qöştirnoqlar, en-dash (–) va em-dash (—) qöşilgan.

🇺🇿

Rasmiy standart

Yirik texnologik kompaniyalarga rasmiy taklif sifatida yuborilgan. Tez orada operatsion tizimlarga rasmiy kiritiladi.

Tugmalar birikmasi

🔤 Yangi harflar va belgilar

NatijaBosiladigan tugma
ş / Ş; / Shift + ;
ç / Ç' / Shift + '
ö / Ö[ / Shift + [
ğ / Ğ] / Shift + ]
Tutuq belgisi (ʼ)`
ASCII qöştirnoq (")Shift + `
Nuqta vergul (;)\
Ikki nuqta (:)Shift + \

✨ Tipografik belgilar va qavslar

BelgiKombinatsiya (AltGr)
Qöştirnoq “ va ”AltGr + K va AltGr + L
Birtirnoq ‘ va ’AltGr + Shift + K va
AltGr + Shift + L
Em dash (—)AltGr + -
En dash (–)AltGr + Shift + -
Qavslar [ va ]AltGr + [ yoki ]
Figurali qavslar { va }AltGr + Shift + [ yoki ]
Teskari sleş (\)AltGr + \
Tik çiziq (|)AltGr + Shift + \

Örnatiş yöriqnomasi

  1. 1

    Faylni yuklab oling

    new-uzb.zip arxiv faylini kompyuteringizga yuklab oling.

  2. 2

    Arxivdan çiqaring

    Yuklab olingan zip faylni istalgan papkaga arxivdan çiqaring (Extract).

  3. 3

    Örnatuvçini (setup.exe) işga tuşiring

    setup.exe faylini oçing va klaviatura terilmasini örnating.

    Windows Defender SmartScreen xabari haqida:

    Örnatiş vaqtida kök rangli xavfsizlik oynasi çiqsa, Qöşimça maʼlumot (More info) tugmasini va söngra Baribir işga tuşirilsin (Run anyway) tugmasini bosing. Bu fayllar tijorat (pullik) sertifikatiga ega bölmagani uçun Windows tomonidan çiqariladigan odatiy holat. Loyihaning barça oçiq manba kodlarini GitHub sahifamizda körib çiqişingiz mumkin.

    Microsoft Defender Warning - Step 1Microsoft Defender Warning - Step 2
  4. 4

    Klaviaturani tanlang

    Kompyuterni qayta ishga tuşiring (restart) va Windows til paneli (ekranning pastki öng burchagida) orqali Özbekça - yangi terilmasini tanlang.

    Windows til tanlash menyusi