Windowsʼda klaviaturani oʻrnatish usuli
Yuklab olishKlaviatura xususiyatlari
- QWERTY terilma asosida qurilgan va oʻrganish oson.
- Klaviaturada Şş, Çç, Öö va Ğğ belgilarini kiritish qulay va AltGr bosish talab etilmaydi.
- Ushbu klaviatura terilmasi koʻproq belgilarni kiritish uchun AltGr (odatda oʻng Alt tugmasi) tugmasidan foydalandi:
Tugmalar birikmasi
- ş harfini kiritish uchun ; tugmasini bosing.
- ç harfini kiritish uchun ' tugmasini bosing.
- ö harfini kiritish uchun [ tugmasini bosing.
- ğ harfini kiritish uchun ] tugmasini bosing.
- Tutuq belgisini kiritish uchun \ tugmasini bosing.
- Eski alifbodagi Oʻ va Gʻ harflarida ishlatiladigan teskari vergulni (ʻOkina belgisini) kiritish uchun Shift+\ kombinatsiyasini bosing.
- Nuqta vergulni (;) kiritish uchun AltGr + ; kombinatsiyasini bosing.
- Ikki nuqtani (:) kiritish uchun AltGr + Shift + ; kombinatsiyasini bosing.
- Apostrofni (') kiritish uchun AltGr + ' kombinatsiyasini bosing.
- Qoʻshtirnoqni (") kiritish uchun AltGr + Shift + ' kombinatsiyasini bosing.
- Chap kvadrat qavsni ([) kiritish uchun AltGr + [ kombinatsiyasini bosing.
- Chap figurali qavsni ({) kiritish uchun AltGr + Shift + [ kombinatsiyasini bosing.
- Oʻng kvadrat qavsni (]) kiritish uchun AltGr + ] kombinatsiyasini bosing.
- Oʻng figurali qavsni (}) kiritish uchun AltGr + Shift + ] kombinatsiyasini bosing.
- Teskari sleshni (\) kiritish uchun AltGr + \ (tutuq belgisi) kombinatsiyasini bosing.
- Tik chiziqni (|) kiritish uchun AltGr + Shift + \ (tutuq belgisi) kombinatsiyasini bosing.
Oʻrnatish usuli
- uz-new.zip faylini yuklab oling.
- uz-new.zip faylini arxivdan chiqaring.
- setup.exe faylini ishga tushuring va klaviatura terilmasini oʻrnating
- Til tanlash menyusida Uzbek - new keyboard variantini tanlang.
Yuklab olish