Yangi özbek alifbosi uçun klaviaturani yuklab oling
Kompyuter va telefoningizda Ş, Ç, Ö, Ğ harflarini qulay kiritiş uçun platformangizni tanlang:
Tez-tez söraladigan savollar
Klaviaturadan foydalaniş va örnatiş böyiça ommabop savollarga javoblar
Redmi, Xiaomi, LG va boşqa telefonlarda yangi harflarni qanday kiritaman?
Telefon uçun yuklaş uçun klaviatura fayli yöq-ku!
Ha, toʻgʻri. Hozirça smartfonlar (Android va iOS) uçun alohida ilova yoki fayl körinişidagi özbekça klaviatura işlab çiqilmagan. Lekin yangi harflarni kiritişning juda oson yöli bor:
⚠️ Muhim xavfsizlik ogohlantirishi:
Telegram yoki turli saytlarda tarqalayotgan nomaʼlum .APK fayllarni telefoningizga örnatmang! Firibgarlar bunday fayllar içiga maxfiy maʼlumotlar va parollarni öğirlovçi zararli dasturlarni joylaştirgan bölişi mumkin. Ogoh böling.
Buning örniga Turkça yoki Ozarbayjonça klaviatura işlatsam böladi-ku! Bu nega yomon ğoya?
Turkça va Ozarbayjonça klaviaturalarda rostdan ham Ş, Ç, Ö, Ğ harflari bor, lekin ulardan foydalaniş juda katta muammolarni keltirib çiqaradi:
- Nuqtali va nuqtasiz "I" muammosi: Turk va ozarbayjon alifbosida ikkita har xil I harfi bor: nuqtali
İ / ihamda nuqtasizI / ı. Özbek tilida esa oddiyI / iişlatiladi. Turkça klaviaturada yozsangiz, matningizda özbek tiliga mos kelmaydigan "İkki" yoki "qış" kabi sözlar paydo böladi. - Qidiruv tizimlari (SEO) xatoliklari: Kompyuter uçun bu harflarning raqamli kodi (Unicode) mutlaqo boşqa. Turkça klaviaturada yozilgan matnlarni Google, Telegram va qidiruv tizimlari özbekça söz deb topa olmaydi.
- Hujjatlar va dasturlaş: Rasmiy davlat tizimlari (pasport, bank, soliq) turkça
İvaıharflarini nomaʼlum belgi yoki xatolik deb qabul qiladi.
Şuning uçun turkça yoki ozarbayjonça emas, aynan özbek tili uçun moslaştirilgan klaviatura terilmasidan foydalaniş zarur.
Bu programma xavfsizmi?
Ha, veb-saytdan klaviatura fayllarini yuklab oliş 100% xavfsiz. Buning bir nechta asosiy sabablari bor:
- Oçiq kod (Open Source): Veb-sayt va klaviatura fayllarining barça kodlari GitHub saytida oçiq joylangan. Xohlagan kişi kodlarni tekşirib çiqişi mumkin — u yerda hech qanday maxfiy maʼlumotlarni yiğuvchi zararli kodlar yöq.
- Rasmiy vositalardan foydalanilgan: Klaviatura fayllari Windows uçun rasmiy Microsoft Keyboard Layout Creator (MSKLC) va macOS uçun Ukelele dasturlari yordamida yaratilgan. Ular tizimga heç qanday begona dastur örnatmaydi, faqatgina tugmalarning joylaşuv tartibini belgilaydi.
- Har kim özi tekşira oladi: Agar şunda ham xavotiringiz bölsa, tayyor faylni yuklamasdan, uşbu rasmiy dasturlar (MSKLC/Ukelele) orqali özingiz ham 5 daqiqada xuddi şunday klaviatura terilmasini yasab olişingiz mumkin.
Yangi alifbo rasman qabul qilindimi?
Ha, rasman qabul qilingan. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. Mirziyoyev 2026-yil 21-oktyabr kuni yangi alifbo haqidagi tuzatişlar kiritilgan qonunni imzoladi.
Hozirda davlat idoralari, taʼlim muassasalari va raqamli platformalar bosqiçma-bosqiç uşbu yangi alifboga ötish işlarini olib bormoqda. Kompyuter va telefonlarda uşbu klaviatura terilmalarini hozirdanoq örnatib oliş yangi harflarga könikiş va qulay yoziş imkonini beradi.
Yangi harflar nimaga aynan uşbu joyda joylaşgan?
Bu klaviatura terilmasi (layout) tasodifiy tuzilmagan — u ergonomika, amaliy qulaylik va xalqaro standartlar asosida işlab çiqilgan:
- Rasmiy taklifga asoslangan: Uşbu terilma Microsoft, Google, Apple va Linux kabi yirik texnologik kompaniyalarga operatsion tizimlariga rasmiy kiritiş uçun yuborilgan standart taklif asosida yaratilgan.
- Kelajak uçun qulaylik: Hozirdanoq uşbu klaviaturadan foydalanişni boşlasangiz, kelajakda operatsion tizimlarga rasmiy yangilaniş kelganida qayta könikiş şart bölmaydi va terişga tayyor bölasiz.
- Ergonomik joylaşuv: Özbek tilida tez-tez işlatiladigan Ş va Ö harflari barmoqlar yetib borişi eng qulay bölgan markaziy örinlarga joylaştirilgan. Kamroq uçraydigan Ğ harfi esa çetroqqa surilgan. Bu matnni tezroq va barmoqlar tolimasdan teriş imkonini beradi.
Qisqasi, kiritish.uz saytidagi klaviatura rasmiy standartlar kelajagiga va özbek tili ergonomikasiga töliq mos keladi!
Veb-sayt muallifi bilan qanday boğlansam böladi?
Murojaat va savollar uçun Telegram botimizga yozişingiz mumkin:
@kiritishuzbotʼga yoziş